У нас есть только
оригинальные песни

Sukerberg WhatsApp messenjerining foydalanuvchilari 1 milliarddan oshganligini ma’lum qildi

calendar 02.02.2016
1096

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining rahbari Mark Sukerberg WhatsApp messenjeridan dunyo bo‘yicha foydalanuvchilar soni bir milliarddan oshganligini ma’lum qildi.

Sukerberg o‘zining sahifasida messenjerning asoschilari Yan Kum va Brayan Ektonni, shuningdek, maqsadga erishishda yordam bergan barchani tabrikladi.

“Dunyoda milliarddan ortiq odamni bog‘lab turuvchi bir nechta servis bor, xolos. Bu butun dunyoni birlashtirishga qaratilgan muhim qadamdir”, — deb ta’kidladi Sukerberg.

Яндекс.Метрика