Sun`iy go'sht qachon sotuvga chiqishi aytildi

Sun`iy go'shtning ishlab chiqarilishi Kremniy vodiysidagi bir necha startaplariga sezilarli darajada investitsiyalar keltirdi. Ularning eng mashhurlari - Impossible Foods, Memphis Meat, Beyond Meat va Hampton Creek. Dunyoning eng badavlat kishilari bu startaplarga ishonishgan. Bill Geyts ularning biryo'la bir nechtasiga sarmoya kiritgan. Hozircha ularning birortasi haqiqiy go'shtdan farqlab bo'lmaydigan sun`iy go'shtni taqdim etgani yo'q, biroq kuzatuvchilar rivojlanish borligini aytishmoqda: bunday go'sht arzonlashmoqda, ta`mi esa haqiqiy go'shtga yaqinlashmoqda. 
 
Ta`kidlash joizki, hozir turli "yashil" va ozuqaviy loyihalar hamda tashabbuslar juda dolzarb. Yer aholisi soni oshib bormoqda, oziq-ovqat ham shunga yarasha bo'lishi kerak. 2011 yilda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti qishloq xo'jaligi faoliyati natijasidagi iflosliklarning 39 foizi aynan chorvachilikka to'g'ri kelayotganini ma`lum qilgan. Shuning uchun "toza" go'sht ishlab chiqarish g'oyasi jozibaliroq: u oziq-ovqat bilan bog'liq muammolarni hal qiladi va ekologik vaziyatni murakkablashtirmaydi. Ba`zi mutaxassislar hatto sun`iy go'sht haqiqiysidan-da samaraliroq, to'yimliroq ekani va zarari ham kamroq ekanini aytishmoqda. 

Biroq bularning bari ommaga taqdim etilmagunga qadar bor-yo'g'i gap-so'z va reklamadir. Dunyo esa hozir shunga yaqin turibdi. Hech bo'lmaganda, uning g'arbiy qismi. Cargill, Nestle va Tyson kabi oziq-ovqat korporatsiyalari sun`iy go'shtga katta qiziqish bildirishmoqda. Ularning fikricha, yaqin 25 yilda jahon go'sht bozorining taxminan 20 foizi yangi mahsulotdan iborat bo'ladi. 

GlobalData tahlilchisi Kris Loning ta`kidlashicha, 2021 yilda, Memphis Meat startapi bu yo'nalishda yetakchilikni qo'lga kiritganida sun`iy go'sht do'kon rastalarida paydo bo'ladi. Bunday prognozga sabab, mazkur startap ortida Bill Geyts, Richard Brenson va Shimoliy Amerikaning yirik go'sht distribyutori Cargill Meats sarmoyalari turibdi. 


Комментарии (0) | Добавить: 28.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi
Kartoshka bojxona to'lovlaridan ozod etildi
La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda