У нас есть только
оригинальные песни

Supermarket aravachasida o‘tirgan Munisa Rizayeva o‘zi haqida: “Sovg‘a uchun yaxshi tanlov”

calendar 16.12.2016
5204

Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida o‘zi va hamkasbi Sardor Rahimxon ishtirokida qiziqarli fotosurat e’lon qildi.

Suratda Munisa Rizayeva supermarket aravachasi ichida o‘tirgani, aravacha esa Sardor Rahimxon boshqaruvida ekani aks etgan.

Munisa Rizayeva suratga: “Sovg‘a uchun yaxshi tanlov”, — deb izoh qoldirgan va izohidan so‘ng ketma-ket kulaverib ko‘zidan yosh chiqib ketgan smayllarni joylashtirgan.

Suratga Instagram foydalanuvchilari tomonidan 100 ga yaqin komment qoldirilgan. Ular orasida bu aravachaga 6 yoshdan kattalarning chiqishi mumkin emasligi haqida ham fikrlar bor.

Surat qaysi tadbir uchun olinganiga Munisa Rizayevaning xabarida aniqlik kiritilmagan.

Яндекс.Метрика