У нас есть только
оригинальные песни

Suriya armiyasi IShIDning «yangi poytaxti»ni qurshab oldi

calendar 08.10.2017
1640

Suriya hukumati armiyasi IShIDga qarshi harbiy amaliyotlar davomida Mayadin shahridagi jangarilarni o'rab oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

«Bizning qurolli kuchlarimiz ilg'orlari ittifoqchilar bilan birgalikda Dayr-az-Zor frontidagi Mayadin shahrini qurshab oldi»,— degan agentlik suhbatdoshi.

Mayadin yaqinda IShIDning «yangi poytaxti» sifatida e`lon qilingandi. Bu shahar Al-Umar neft konlari yaqinida joylashgan va shu tufayli muhim strategik shahar hisoblanadi.

Suriya armiyasi IShID nazoratidagi Mayadin shahrini 6 oktabr kuni qamal qilishni boshlagandi. Shu kuni Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning Suriyadagi harakatlari bo'yicha shikoyat qilgandi. Rossiya tomoni fikricha, amerikalik harbiylar Et-Tanf yaqinidagi jangarilarga yordam bermoqda. Pentagonda bu ayblov rad etildi.

Яндекс.Метрика