Suriya butunlay o'zgardi

Frantsiya prezidenti Fransua Olland Suriyani va butun dunyoni xalqaro terrorchilikdan qutqarish yo'lida birlashishga chaqirmoqda, ammo, The New Yorker jurnali kolumnistining fikricha, Suriyani birinchi navbatda uning o'zidan qutqarish lozim.

Ayni paytda qariyb 15 mln suriyaliklar o'zlarini boqa olmaydi, ularning yarmidan ko'prog'i doimiy daromad manbaiga ham ega emas. Suriyaning 22 mln fuqarosidan 65 foizi o'z uylarini tark etdi. Katta qismi mamlakatdan ham butunlay chiqib ketdi. BMT ma'lumotlariga qaraganda, suriyaliklarning 75 foizi qashshoqlikda yashaydi, beshdan bir qismi esa ochlikdan aziyat chekmoqda.

YuNISЕF Suriya butun boshli bir avlodni yo'qotayotganidan xavotirda, negaki 3 mln dan ortiq bola maktabga bormayapti. O'quv muassasalarining 25 foizi ishlamayapti.

“Suriya ortga qaytmaydigan bo'lib o'zgardi. U qora tuynukka aylanmoqda”, - tan oldi Oklaxoma shtati universitetining Yaqin Sharq bo'yicha mutaxassisi Joshua Lendis.
Suriyada ilgaridan tinchlik bo'lmagan. Ikkinchi jahon urushidan so'ng Frantsiyadan mustaqil bo'lgan davlatda 20 marta davlat to'ntarishi o'tkazildi. 1970 yilda harbiy havo kuchlarining sobiq generali Hofiz Asad hokimiyatni egallab oldi.

Ayni paytda Suriyada o'zaro dushmanlik qilayotgan ko'plab diniy, etnik, siyosiy va konfessional guruhlar bor. Suriyaliklarning aksariyat qismi musulmon bo'lishiga qaramay, xalq ko'plab oqimlarga, etnoslarga bo'linib ketgan, va ular bir etakchi atrofida birlashishi juda murakkab masaladir, deb hisoblaydi muallif. Aynan shu bois bugungi kunga qadar Bashar Asadning o'rnini egallaydigan muqobil nomzod topilmagan.
“U erda milliy o'zlik yo'q. Va biz buni ularning o'rniga yaratib bera olmaymiz”, - xulosa qildi jurnalist.


Комментарии (0) | Добавить: 26.11.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi
Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda
Shakardan voz kechishning 3 usuli