У нас есть только
оригинальные песни

Suriya mustaqilligining 71 yilligini nishonladi

calendar 18.04.2017
1282

Suriya Fransiya mustamlakachiligidan ozod bo'lganligining 71 yilligini nishonladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Respublika mustaqilligining 71 yilligi munosabati bilan mamlakatning bosh muftisi, Halab hokimi va harbiy rahbariyati hamda hukmron Baas partiyasi vakillari Suriya mustaqilligi uchun kurashganlar xotirasini yod etishgan. Ular shifoxonaga tashrif buyurib, bugungi kunda mamlakatni terrorizmdan saqlash uchun kurashayotganlar bilan uchrashishgan. 

Halabda esa, mamlakatning turli burchaklaridan kelganlar Suriya xalqining bosqinchilarga qarshi kurashi timsoli bo'lgan joyga tashrif buyurishdi. 

Suriya 1920 yilda Fransiya tomonidan koloniyaga aylantirilgan edi. Millatlar ligasi mamlakatni boshqarish huquqini Fransiyaga topshirgandi. Yaxshi qurollanmagan Fransiya armiyasi mustamlakachilarga qarshi yetarli darajada kurasha olmadi. Fransiya mustamlakachiligiga qarshi qurolli qo'zg'olonlar vahshiylarcha bostirildi. Suriya Ikkinchi jahon urushidan keyin, 1946 yilda mustaqillikka erishdi. 

Яндекс.Метрика