У нас есть только
оригинальные песни

Suriyada 150 ta shifoxona va tibbiy muassasa qayta tiklandi

calendar 31.08.2018
725

Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi bugungi kunga kelib 150 ta tibbiyot muassasasini qayta tikladi. Ulardan 26 ta poliklinika va 17 ta shifoxona ta’mirdan chiqarilgan. Bu haqda 30-avgust, payshanba kuni respublika sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Ahmed Xlefauiy ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash sohasida davlat kafolatlarini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha tezkor sur’atlarda tadbirlar o‘tkazmoqda. Bugungi kunda 150 ta tibbiy muassasaning faoliyati qayta tiklangan. 26 poliklinika va 17 ta shifoxona ta’mirdan chiqarilgan”, — deydi Suriya sog‘liqni saqlash vazirligining vakili.

“Sog‘liqni saqlash vazirligining barcha muassasalari dori-darmon vositalari va yuqori texnologik qurilmalar, jumladan, magnit-rezonans tomografiyasi va hayotni sun’iy ta’minlab turish apparatlari bilan ta’minlangan”, — deya ta’kidladi u.

Uning so‘zlariga qaraganda, boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri tibbiy muassasalarni malakali kadrlar bilan ta’minlashdir.

Яндекс.Метрика