У нас есть только
оригинальные песни

Suriyada boshida raketa parchasi bo‘lgan qizaloq dunyoga keldi

calendar 20.09.2015
3876

Suriyalik shifokorlar boshiga raketa parchasi tegib ketgan chaqaloqni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Shifokorlar "umid” ma’nosini anglatuvchi Amal ismini qo‘yishni taklif qilgan qizcha onasining qornida ekanligida jarohat olgan. Ma’lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqning onasi Aleppo shahri raketadan o‘qqa tutilganda yaralangan. Ayol zudlik bilan shifoxonaga keltirilib, kesarcha kesish operatsiyasi o‘tkazildi.
Bolani qo‘lga olgan shifokorlar, uning ham yaralanganligini ko‘rib hayratga tushdi. Kichikroq temir parchasi chaqaloq boshining chakka qismini jarohatlagan edi. Raketa parchasini olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazilib, u muvaffaqiyatli yakunlandi. 
Яндекс.Метрика