Surxondaryo hokimi: Odamlarni majburlab paxtaga olib chiqish - noinsoflik!

«Surxondaryo: Boy meros, turizm va islohotlar uyg'unligi» mavzusida Surxondaryoda bo'lib o'tgan Xalqaro press klubning sayyor sessiyasida Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov moderator Sherzodxon Qudratxo'jayevning paxta yig'im terimiga byudjyet tashkilot xodimlarining jalb qilinishi borasidagi savollariga javob qaytardi.

— Men viloyat rahbarligiga kelgan kunimoq, ushbu masalani ko'targanmiz. O'qituvchi va shifokorlarning dala ishlariga, ko'chada qator bo'lib obodonchilik ishlari bilan shug'ullanishiga to'liq barham beramiz.

O'zingiz o'ylab ko'ring, majburlab, mehnatiga pul to'lanmasdan dalaga olib chiqilgan o'qituvchi yo shifokor chopiq va boshqa dala ishlarini vijdonan bajaradimi? Qarg'ab-qarg'ab ishlamaydimi? Bu axir paxta hosiliga ham ta`sirini o'tkazmasdan qolmaydi-ku?

Ikkinchidan, bu yil paxtaning xarid narxi sezilarli tarzda oshirildi, terimchilarga paxta yig'im-terimi uchun to'lanadigan pul ham oshmoqda. Surxondaryoda yollanma ishchi kuchi juda arzon — kuniga 20–25 ming so'mga ishlashadi. Paxta uchun 400 so'mdan pul to'lanishini hisobga olsak, 100 kilogram paxta teradigan inson kamida kuniga 40 ming va undan ham ko'proq pul ishlab topshi mumkin. Fermerlar ana shunday kishilarni yollab, pulini to'lab, o'zlari yig'ib-terib olishadi paxtani kerak bo'lsa. O'qituvchilarni dalaga chiqaradigan bo'lsak, fermerlar dangasa bo'lib qoladi.

Mana, ilgari maktab o'quvchilarigacha paxtaga chiqarilardi. Barham berildi. Keyin kollej o'quvchilari chiqarilardi, bunga ham barham berildi. Paxta terilmasdan qolib ketayotgani yo'q-da.

Takrorlab aytaman: Surxondaryoda na o'qituvchi, na shifokor paxta yig'im-terimiga jalb qilinmaydi. Birovga yaxshi ko'rinish, rejani bajarish uchun boshqalarni majburlab paxtaga olib chiqish — noinsoflik! — dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.


Комментарии (3) | Добавить: 20.08.2017
3. _-Elbek-_ (22.08.2017 18:27)
Turdimov
2. uzbekimsen (21.08.2017 09:50)
Ундай дема бу хоким бобо киладилар агар сен Сурхандарёлик булсанг килаётган ишларини курасан
1. Shaxboz_95 (21.08.2017 07:51)
Qo'ysachi bu gaplarni hammasi yolg'on paxta boshlansin ko'ramiz
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Galkin Pugachyova bilan nikohdan o'tdi
Alisher Usmonov yana bir futbol klubini sotib olishi mumkin
1 kunda Vladimir Putin yo'liga 50 dan ortiq bomba joylashtirilgani rostmi?
Serena Uilyams biznesmenga turmushga chiqdi
Punktual odamlarga xos 3 ta odat
Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo'ladi
2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi
Dam olish kunlari omadsizlar yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato
To‘shakni dog‘ va noxush hidlardan tozalaymiz
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi
Ronaldu uylanadi
Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi