У нас есть только
оригинальные песни

Surxondaryolik 81 yoshli otaxon velosipedda Qirg‘izistonga yo‘l oldi

calendar 27.04.2018
863

Surxondaryo viloyati Angor tumanida istiqomat qiluvchi 81 yoshli Elmurod bobo Choriyev velosipedda Qirg‘izistonga sayohatga otlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Bir kunda yo‘lning past-balandligiga qarab 70−80 kilometrdan 120−130 kilometrgacha masofani bosib o‘tayotgan bobo Surxondaryodan Toshkentgacha 8 kunda yetib kelgan.

Elmurod boboning aytishicha, u avvaliga Xitoygacha borishni mo‘ljal qilgan edi. Biroq viza va boshqa xarajatlar qimmatga tushgani uchun safarini Qirg‘izistonda yakunlashga qaror qildi.

“1958-yilda Andijon shahrida ochilgan bir yillik savdo kursida tahsil olganman. O‘shanda uch do‘stim bilan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga sayohatga borganmiz. O‘sh va boshqa shaharlariga borib, rasmga tushib qaytmoqchiman”, — dedi Elmurod bobo Choriyev.

 

Яндекс.Метрика