У нас есть только
оригинальные песни

Surxondaryolik ayol “Odnoklassniki”da soxta akkauntlar ochgani uchun jazolandi

calendar 21.12.2014
5894


Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi ayol, jiyanining iltimosiga ko'ra, "Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'ida soxta akkauntlar ochgani uchun tegishli jazo old. Bu haqda "Qalqon” jurnali 2014 yil noyabr sonida ma'lumot berilgan. Ma'lum bo'lishicha, Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi bir yigit onasi ko'rsatgan qizga emas, o'z sevgan qiziga uylanishini bildirganida, hamma unga qarshi chiqqan, shundan so'ng yigit uydan bosh olib chiqib ketgan, sevgan qizi ham unga ergashgan. Yigit nisbatan uzoq vaqt davomida uyiga kelmagan, ota-onasidan xabar olmagan, sevgan qizi bilan birga yashay boshlagan. Bu vaqt davomida onasi, shuningdek, "uning qiynalayotganini ko'rgan o'g'il-jiyani va qiz jiyani ham yigitni to'g'ri yo'lga solishga harakat qilishadiShunda, yigitning sevgan qizi, yigitning qarindoshlari hadeb bezovta qilavergani uchun "o'ch olish maqsadida”, "internetdan foydalanishga usta ammasi”ga qo'ng'iroq qilib, yigit onasining o'g'il va qiz jiyanlari haqida ma'lumot berib, ularni yomonotliq qilishda yordam so'raydi. O'z navbatida, qizning ammasi yigit onasining qiz jiyani va o'g'il jiyani nomidan "Odnoklassniki”da soxta akkauntlar ochib, ularning shaxsiga dog' tushiradigan gaplarni statuslarga yozgan va behayo suratlarni ham yuklab qo'ygan. Bir kuni qiz-jiyanga noma'lum bir yigit qo'ng'iroq qilib, tanishishni so'raganidan so'ng qiz-jiyan, o'g'il-jiyan va uning onasi "Odnoklassniki”da ular nomidan soxta va tuhmatli akkauntlar ochilganidan boxabar bo'lishgan. Shundan so'ng ushbu holat yuzasidan militsiyaga murojaat qilingan.
"Surxondaryolik ayol" ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanmay, birovga tuhmat qilib, o'zgalarning sha'nini bulg'ovchi, uydirmalar tarqatish jinoyatini sodir etganlikda ayblandi. Natijada u tegishli jazo oldi”, – deydi Termiz shahar IIB tergov bo'limi boshlig'i, kapitan T. Babaev.
Яндекс.Метрика