У нас есть только
оригинальные песни

Surxondaryolik firibgar rahbarlar davlatga iqtisodiy zarar keltirishgani aniqlandi

calendar 09.12.2017
1043

2017 yilning 2 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Departamentning tuman bo'limi va Majburiy ijro byurosi tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbirda, Sherobod TET korxonasining 2016 yil yanvar va dekabr oylarida olingan elektr energiyasi 72.260.747 Kvt qabul qilingan, shundan hisob-kitob qilingan elektr energiya 60.215.601 Kvtni tashkil qilgan. Bu hisobdan Sherobod tuman ETK “Markaz” kompleksi brigadasi boshlig'i, Q.D. tomonidan qabul qilingan 576.046 Kvt 110.024.786 so'mlik, Sherobod tuman ETK “Qodirov” kompleks brigadasi boshlig'i, X.Sh. tomonidan 477.691 Kvt 91.238.981 so'mlik, Sherobod tuman ETK “Poshxurt” kompleks brigadasi boshlig'i, B.N. tomonidan 353.185 Kvt 67.458.335 so'mlik, “Sherabod” kompleks brigadasi boshlig'i, J.T. tomonidan 157062 Kvt 29.998.842 so'mlik jami 1.489.879 Kvt 284 mln 566,8 ming so'mlik elektr energiyasini hisob kitob qilinmasdan aholi va ulgurji iste`molchilarga noqonuniy foydala-nishga sharoit yaratishib, tuman elektr tarmoqlari korxonasiga jiddiy zarar yetkazganligi aniqlangan. Bu haqda KUN.UZ’ga Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, tuman ETK mansabdor shaxslari 2012-2015 yillar va 2016 yil davomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2009 yildagi 245-sonli qarori talablariga zid ravishda, elektr energiyadan foydalanish qoidalari buzilganlik to'g'risidagi 607 dona 3258024 Kvt 394.543,9 so'mlik haqiqatda rasmiylashtirilgan raqamli dalolatnomalar PK “Elektrouchet” dasturiga kiritmasdan hamda 564 nafar iste`molchilarga 1.243.097,1 ming so'mlik qoidabuzarlik holatlari aniqlanmagan bo'lsada go'yoki qoidabuzarlik dalolatnomalar rasmiylashtirilgan deb iste`molchilarning hisob varaqasiga PK “Elektrouchet” dasturi orqali soxta ma`lumotlarni kiritishib, iste`molchilar manfaatlariga juda ko'p miqdorda zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan Sherobod TET korxonasi mansabdor shaxslari va kompleks brigada rahbarlari D.Q., Sh.X., N.B.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика