У нас есть только
оригинальные песни

Suv uchun oldindan haq to‘lamaslik uchun qanday javobgarlik bor?

calendar 06.01.2018
971

«Suv uchun oldindan to‘lov belgilangan ekan. Shu haqda ma’lumot bersangiz. Oldindan to‘lamaslik oqibati nima bo‘ladi?»

O‘zbekiston Prezidentining «Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab barcha guruh iste’molchilari suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun yuz foizlik oldindan haq to‘laydi.

Haqni oldindan to‘lamagan iste’molchilarga nisbatan suv ta’minoti va suv chiqarish tizimidan uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi. Ilgari uzib qo‘yilgan iste’molchilarni qayta ulash uchun esa to‘lov undiriladi:

— I guruh iste’molchilaridan — eng kam ish haqining ikki baravari;

— II va III guruh iste’molchilaridan — eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida.

Iste’molchi suv iste’molini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinishi va sozligi uchun javobgar bo‘ladi.

Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekistonda 2018-yil 1-yanvardan boshlab suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика