Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?

Kimdir suvni ovqatgacha ichishni tavsiya qiladi, ularning fikricha, shunda ovqat yaxshi hazm bo'ladi. Boshqa birov esa buni xavfli deb hisoblaydi, chunki suv oshqozon shirasini suyultiradi, buning natijasida esa ovqat hazm qilish jarayoni sekinlashadi. Aslida qay biri haqiqat ekanini bilish uchun "Layfxaker" gastroentrolog, to'g'ri ovqatlanish va ovqat hazm qilish tizimi salomatligi haqidagi blog muallifi Anna Yurkevichga murojaat qildi.

Gap suv haqida ketganida uni qanday va qachon ichish emas, qancha ichish muhim. Biroq shunda ham ba`zi "lekinlar" bor.

Oziqlanishga doir qo'llanmalarda odatda 25-30 ml/kg raqamlari qayd etiladi — insonga aynan shuncha suv ichish tavsiya etiladi. Albatta, bu raqamlar shartli, chunki insonning qancha suv ichish kerakligi qator omillarga bog'liq:

  1. Havo namligi va haroratiga;
  2. Inson tana haroratiga;
  3. Vaznga;
  4. Yosh va jinsga;
  5. Jismoniy faollikka;
  6. Kasalliklarga, birinchi navbatda peshob tizimi kasalliklariga.

Inson o'z organizmi signallariga, ya`ni tashnaligiga  e`tiborli bo'lishi, uni erta bosqichda anglay bilishi kerak. Buning uchun qo'l ostingizda doim suv bo'lsin. Chanqog'ingiz qongunicha va organizmingiz qoniqish hosil qilgunicha qilgunicha iching.

Endi esa navbat suv va taom ketma-ketligi masalasiga.

Suv oshqozon shirasini suyuqlashtirishi va kislotani pasaytirishi, shubhasiz, afsona.

Aks holda, kislota darajasini kamaytirishga mo'ljallangan preparatlarni belgilashga zarurat qolmasdi, bir piyola suvning o'zi yetarli bo'lardi.

Suvni ovqatdan oldin, undan keyin va ovqatlanish davomida ham ichish mumkin. Gap maqsad va ichilayotgan suyuqlikning hajmida. Och qoringa ichilgan suv tezgina oshqozonni tark etadi: 300 ml 5-15 daqiqada chiqib ketadi. Albatta, ovqatgacha bir litr yoki undan ortiq suv ichishga hojat yo'q, zero suyuqlik oshqozonni uzoqroq tark etadi, yeyilgan ovqat bilan birga esa oshqozonning devorlarini cho'zib, yoqimsiz his-tuyg'ularni keltirib chiqarishi mumkin.

Ovqat vaqtida suyuqlik ichish mumkin, ayniqsa, agar yog'siz, quruq taomlar iste`mol qilayotgan bo'lsangiz. Bunday holatlarda suv oshqozonda ovqat yaxshi hazm bo'lishini yaxshilaydi.

Agar ovqatdan so'ng biroz suv ichgingiz kelsa, bu normal holat. Asosiy mezon — bu sizning xohishingiz, ya`ni tashnalik va sizning hissiyotlaringiz.


Комментарии (0) | Добавить: 22.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi