У нас есть только
оригинальные песни

Ta`tildan so'ng ishga muvaffaqiyatli qaytish sirlari

calendar 22.08.2018
957

Bir daqiqa avval plyajda hech nimani o'ylamay, maza qilib dam olgandek tuyuladi. Yana ish stolingiz yonidasiz, faqat qoraygan terigina ta`tilni yodga soladi. Ish unumdorligi bo'yicha kitob mualliflari Business Insider nashriyotiga ish kunlarini qanday qilib osonlashtirish haqida gapirib berishdi.

  1. Ertaroq boshlang

Ta`tildan keyingi ilk ish kunini maksimal darajada osonlashtirish uchun oldindan tayyorlaning. “Shaxsiy ofis tiranini qo'lga o'rgatish” kitobi muallifi Linn Teylor shunday deydi: “Kechasi uyquga ketish vaqtini ortga surmang, kelasi kuni esa ofisga ertaroq keling. Hech kim chalg'itmasidan kun davomida bajariladigan ishlarni bir qismini amalga oshirasiz”.

  1. Bir paytning o'zida bir necha vazifani bajarishga harakat qilmang

Bu kunga juda ko'p majlis va muddatli hujjatlarni belgilamang. “Ideal ko'rinishda birinchi kunda hech qanday uchrashuvlar bo'lmasligi lozim”, - deydi biznes-spiker va muallif Maykl Kerr.  – Ish mohiyatini tushunish, biroq charchab qolmaslik uchun kunni biroz erkin qoldirishga harakat qiling.

Agar ustingizga ish uyumi yopirilgan bo'lsa, ularni ahamiyatlilik darajasiga ko'ra tartiblang. Dastlab tezkor vazifalarni hal qiling. Siz, rahbaringiz va loyihalar uchun eng muhimi nima ekanini o'ylab ko'ring. Kun davomida paydo bo'ladigan barcha ishlarni zimmangizga olmang. Katta maqsadlar evaziga muhim bo'lmagan vazifalardan voz keching.

  1. Ish mohiyatini anglang

Qandaydir loyihaga kirishishdan avval siz yo'qligingizda sodir bo'lgan tasavvurlar ro'yxatini tuzing. Asosiy hodisa va tanaffuslar haqida biling. Ana o'shanda ishning kundalik qismi haqida bilish oson bo'ladi.

  1. Pochtangizga«mukkasidan ketmang»

Birinchi ish kunida vaqt o'tkazishning yaxshi usuli emas. Kiruvchi pochtani tartibga solishni samaradorlik bilan adashtirmang. Faqat tezkorlik talab etadigan xabarlargagina javob bering. Keyin esa boshqa ishlar bilan band bo'ling.

  1. Jamoa va mijozlarga o'zingizni eslating

Teylor rahbar va jamoaga bu kuni nima bilan mashg'ul ekaningiz haqida qisqacha xabar qilishni maslahat beradi. Ish mohiyatini to'liq anglamaguningizcha detallarga berilmang.

Asosiy buyurtmachilar bilan ham bog'laning. Ularga qaytganingiz va yordam so'rab murojaat etishlari mumkinligini eslating. Bu oddiy qoida, biroq u mijozlarda katta taassurot uyg'otadi.

  1. O'zingiz haqingizda g'amxo'rlik qiling

Ta`tildan keyin ishga sho'ng'ish istagi paydo bo'ladi. Biroq bunday yondashuv bilan nafaqat zo'riqish orttirasiz, balki xatolarga ham yo'l qo'yasiz. Natijada unumdorlik ortish o'rniga pasayadi. Albatta tanaffuslar qiling, mashqlar bajaring va to'g'ri ovqatlaning. Ishdan keyin odatiy ish rejimiga qayting. Uxlashga juda kech yotmang.

  1. Diqqatni ishga qarating

Bu kuni hamma narsa sizni chalg'itadi: hamkasblarning ta`til to'g'risidagi so'rovlari, ijtimoiy tarmoqlardagi o'tkazib yuborilgan yangiliklar va do'stlardagi o'zgarishlar. Yetib olish istagi paydo bo'lsa-da, vaqtingizni bunga sarflamang. Diqqatni ishga jamlang.

Barchaga ta`tildagi suratlarni ko'rsatmang, axir bu ham sizni chalg'itadi. Ofisdagi hamma xodimlar oldida maqtanish shart emas. Taassurotlaringizni eng yaqin hamkasblar bilan tushlik vaqtida o'rtoqlashishingiz mumkin.

  1. Ta`tildagi yoqimli lahzalarni yodga oling

Yodda tuting, siz o'z fikrlaringizni nazorat qilishingiz mumkin. Yana ishga qaytishni o'ylab, xafa bo'lmang. Yaxshisi yoqimli onlarni minnatdorchilik tuyg'usi bilan yodga olgan ma`qul. Ta`til vaqtida paydo bo'lgan hordiq lahzalarini uzoqroq muddatga cho'zishga harakat qiling.

 

Яндекс.Метрика