У нас есть только
оригинальные песни

Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?

calendar 22.01.2018
787

Ba’zan inson ishlashdan ham charchab, «dangasalik olami»ga sayr qilishni istab qoladi. Yoki ko‘pchilik mehnat ta’tilidan qaytgach, ishga sho‘ng‘ib ketishi biroz mushkul bo‘ladi. Ana shunday vaziyatlarda quyidagi tavsiyalarga amal qilish samarali natija beradi.

1. Kunni ish joyingizni tozalashdan boshlang. Bu jarayon o‘z-o‘zidan fikrlarni jamlab olishga yordam beradi.

2. Faqat bir ishgagina e’tibor qarating. Bir vaqtda bir nechta ishga e’tibor berish insonni charchatadi, xolos.

3. Kunlik ish rejasini tuzing. Avvaliga qiyin vazifadan boshlang. Shunda sizga kun davomida oson bo‘ladi.

4. Ish vaqti tugagach, nimalarga ulguraningiz, bajargan ishlaringizni sarhisob qiling. Amalga oshganlarini ish rejangizdan, albatta, o‘chiring. Ish vaqtida, qahva iching, hamkasblaringiz bilan bir oz bo‘lsa-da suhbatlashing.

5. Ishga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy tarmoqdagi suhbatlaringizni chegaralay oling. Bor-yo‘g‘i 2 daqiqaga mo‘ljallagan vaqtingiz ham 30 daqiqaga cho‘zilishi mumkin.

6. Hech nima o‘xshamaganda ham tushkunlikka tushmang. Yaxshisi, dam oling va ertaga hamma ishning uddasidan chiqishingizga o‘zingizni ishontiring.

Яндекс.Метрика