У нас есть только
оригинальные песни

Tadqiqot: uzoq vaqt televizor ko'rish o'limga olib keluvchi kasalliklar rivojlanishini tezlashtiradi

calendar 30.08.2015
1354

Kun davomida televizor qarshisida o'tirish o'pka emboliyasi kasalligiga chalinish xavfini oshirishi aniqlandi. Ushbu mavzuga bag'ishlangan tadqiqot natijalari Londonda bo'lib o'tgan Еvropa kardiologlar uyushmasi konferentsiyasiga taqdim etildi, deya yozmoqda The Independent. O'pka emboliyasi — yurakdan o'pkaga qon tashuvchi arteriyaning to'silib qolishi bilan izohlanuvchi kasallik bo'lib, Britaniyaning o'zida mazkur xastalikdan har yili 60 kishi vafot etadi. Olimlarning oydinlik kiritishicha, kuniga 5 soatdan ziyod vaqtini televizor qarshisida o'tkazuvchi kishilar o'pka emboliyasi kasalliligiga ikki barobar ko'proq chalinishadi. Tadqiqot mualliflari turli xil teleshoular tomoshasiga mukkasidan ketgan kishilar tez-tez uzoq masofalarga parvoz qiluvchilar kabi profilaktik choralarni ko'rishlari kerak, degan xulosaga kelishdi.
Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti aviaparvozlar chog'ida quyidagi profilaktik choralarni qo'llashni tavsiya qilgan: 
- boldir mushaklarini bukib-yoyish, salon bo'ylab sayr qilish; - qon quyuqlashib qolmasligi uchun kerakli miqdorda suyuqlik iste'mol qilish(toza suv); 
- alkogol ichimliklari, uyqu keltiruvchi tinchlantiruvchi dorilardan voz kechish (ular qon qayishqoqligini oshirib yuboradi); 
- oyoqlar vena tomirlarida qonning erkin aylanishini ta'minlash uchun qulay libos va oyoq kiyimlarini kiyib olish; 
- eng asosiysi, jismoniy faollik va to'g'ri ovqatlanish.
Яндекс.Метрика