1853-1857 yillar davomida AQSh prezidenti lavozimini egallangan mamlakatning 14-raqamli prezidenti Pirs Franklin AQShning eng yomon prezidenti deb tan olindi. AQShning eng bo'shang prezidentlari reytingi Top Tenz portalida chop etildi.
Tadqiqotchilar bunday qarorga kelganlarini Pirs Franklin istalgan boshqa prezidentdan ko'ra Fuqarolik urushining avj olishiga ko'proq darajada hissa qo'shgani bilan tushuntirishdi. Xususan, Franklin mamlakatning g'arbiy va janubiy shtatlarini quldorlik masalasi bo'yicha yarashtirgan "Missuri murosasi” deb nomlangan hujjatni bekor qilgan. Shuningdek, Franklin ichkilikbozlikdan vafot etgan AQShning yagona prezidenti hisoblanadi. U 1869 yilda yolg'izlikda vafot etgan. Ko'pchilik amerikaliklar Franklinni quldorlikning bekor qilinishini qoralagani uchun sotqin deb hisoblashgan.
Ushbu reytingda 2-o'rinni Franklin
o'rniga kelgan Jeyms Byukenen (1857-1861 y.y.) egalladi. U mamlakatning
G'arb va Janubga bo'linib ketishidan oldin mamlakatni boshqargan oxirgi
prezident bo'lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Byukenen ham Fuqrolik
urushidan qochish uchun hech qanday chora ko'rmagan.
Antireytingning
3-o'rinini AQShning 17-raqamli prezidenti Endryu Jonson (1865-1869
y.y.) egalladi. U mamlakatni Avraam Linkolnning o'limidan keyin
boshqargan. U Linkoln paytida vitse-prezident lavozimiga kirishi paytida
mast holatda nutq so'zlagani uchun Linkoln tomonidan marosimdan haydab
yuborilgan. Jonson Konrgess tomonidan qabul qilingan qonunlarga rekord
darajada ko'p marta taqiqlov qo'ygani, uni prezident etib saylagan o'z
partiyasi bilan aloqalarni uzgani va Fuqarolik urushida mag'lub bo'lgan
Janubga yumshoq munosabatda bo'lgani sababli reytingga kiritildi. Biroq
aynan Jonson paytida AQSh Rossiyadan Alyaskani sotib olgan.
Reytingning
yuqori o'ntaligidan, shuningdek, AQShning sobiq prezidentlari Uorren
Garding (1921-1923 y.y.), Uliss Grant (1869-1877 y.y.), Gerbert Guver
(1929-1933 y.y.), Jon Tayler (1841-1845 y.y.), Millard Fillmor
(1851-1853 y.y.) va Jimmi Karter (1977-1981 y.y.), Benjamin Garrison
(1889-1893 y.y.) va Uilyam Govard Taft (1909-1913 y.y.) ham o'rin
oldilar.