У нас есть только
оригинальные песни

Tadqiqotchilar dunyoning sakkizinchi mo'`jizasi joyini aniqlashdi

calendar 15.06.2017
3458

Mustaqil tadqiqotchi Reks Bann va Yangi Zelandiya Milliy kutubxonasi xodimi Sasha Holden dunyoning sakkizinchi mo'`jizasi joyini topishganini aytishmoqda. Ularning shu haqdagi maqolasi Journal of the Royal Society of New Zealand jurnalida bosilgan, bu haqda National Geographic jurnali ham kichik xabar bergan.

Tadqiqotchilar Pushti va Oq terrasalar — Otukapuarangining joyini aniqlashga harakat qilishgan. Buning uchun ular kartograf Ferdinand fon Hoshtetterning 1859 yilgi kundaliklarini o'rganishgan, shuningdek, Otukapuarangi yo'q bo'lishiga olib kelgan 1886 yilgi voqealar jarayonini tiklashgan.

Bann va Holden bu afsonaviy ko'l hozirgi Shimoliy oroldagi Rotomaxana ko'li hududi ostida degan xulosaga kelgan.

Dunyoning sakkizinchi mo'`jizasi deyilgan qizil va oq terrasalar 1886 yilda Taravera vulqoni otilishi oqibatida yakson bo'lgan.

Яндекс.Метрика