У нас есть только
оригинальные песни

Tailand ko‘chalarini itlar patruli qo‘riqlaydi

calendar 03.09.2017
944

Tailanddagi Cheil reklama agentligi uysiz itlarni himoya qiluvchi Soi Dog Foundation tashkiloti bilan hamkorlikda “aqlli” kamzulni ishlab chiqdi, uning yordamida ko‘ppaklar ko‘cha patrul itlariga aylanadi. Shu tariqa, ba’zi mahalliy fuqarolar befoyda deb hisoblaydigan itlar ko‘chadagi jinoyatlar sonini kamaytirishda yordam beradi, deb yozadi Afisha Daily.

Kamzul yashirin videokameralar, shuningdek, it vovillagan paytda ishga tushadigan datchiklar bilan jihozlangan. Video real vaqt rejimida mobil telefon yoki kompyuterga maxsus dastur orqali translyatsiya qilinadi va atrofda bo‘layotgan barcha hodisalarni ko‘rsatib beradi.

Daydi itlar uchun “aqlli” kamzul mualliflari so‘zlariga ko‘ra, ularning ishlanmalari mukammallikdan yiroq va hozircha to‘liq ishga tushirish haqida gapirishga erta.

Яндекс.Метрика