У нас есть только
оригинальные песни

Tailand poytaxti kuchli jala tufayli suv ostida qoldi

calendar 25.05.2017
1162

Tailand poytaxti Bangkokning bir necha tumani tun bo‘yi davom etgan kuchli jala tufayli 25-may, payshanba kuni suv ostida qoldi.

Toshqin tig‘iz payt yo‘llarda ko‘p kilometrli tiqinlarni yuzaga keltirdi. Suv bosgan hududlar Bangkok markazi, shuningdek, shaharning g‘arbiy, sharqiy va shimoliy chekkalarida paydo bo‘ldi. Kechasi davomida taxminan 25 santimetr yog‘in tushdi.

Suv sathi 40 santimetrdan oshgan 5 maktab yopildi. Shahar ko‘chalarida tozalash texnikasi kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda, suvni tortib olish uchun qudratli nasoslar o‘rnatildi.

Яндекс.Метрика