У нас есть только
оригинальные песни

Talabalar orasidagi g‘aroyib odatlar! Ular nimaga ishonishadi?

calendar 16.01.2018
1424

Kimdir ketma-ket kirib kelayotgan bayramlarni nishonlayapti, kimlardir esa sessiyani. Qishki sessiya vaqtida talabalar uchun yana chopa-chop boshlandi. Imtihonlar, ayrim fanlar bilan bog‘liq muammolar, albatta, barcha talabalarni toliqtiradi. Butun dunyoda ana shunday qiyin vaziyatlarda talabalarga omad keltiruvchi odatlar mavjud.

Jumladan, Yaponiyada talabalar o‘zlari bilan auditoriyaga «Kit Kat» shokoladini olishadi. Sababi, bu shokoladning nomi yapon tilidagi «kitto katsu», ya’ni tarjimasi «albatta, g‘alaba qozonamiz» nomiga juda o‘xshash. 

Shuningdek, ko‘plab talabalar imtihon oldidan kitob va eslatmalarni boshlari tagiga qo‘yib uxlashadi. Ularning fikricha, hatto tunda ham o‘quv jarayoni davom etadi. Ertalab esa imtihonga keta turib, aynan o‘sha kitob va eslatmalarni yoniga qo‘yib olgancha yo‘lakka o‘tirib olish kerak. Ularni ochib qo‘yish mumkin emas, aks holda bilimlar «uchib ketadi».

Rossiyada avvallari o‘ng poyabzalga 5 tiyinlik tangani qo‘yish odati bo‘lgan. Mana shu tanga bilan imtihonga borish kerak edi. Agarki, yo‘lda birorta homilador ayol uchrasa, unda o‘sha ayoldan chipta raqamini so‘rash va imtihonda, albatta, o‘sha raqamni tanlash kerak edi. Garchi ko‘pchilik o‘ng qo‘lda yozsa-da, imtihonga chap oyoq bilan kirish, imtihon biletini esa chap qo‘l bila tanlash muhim bo‘lgan. Imtihon savollarini o‘ng qo‘lda yozish, agar imtihon omadli yakunlansa, ruchkani, albatta, saqlab qo‘yish ham kerak edi.

Qiziq, bizda talabalarning imtihon oldi qanday odatlari bor? Nima bo‘lganda ham, o‘qish, o‘qish va mukammal tayyorgarlik orqaligina talaba imtihondagi barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishi va albatta, ijobiy natija bilan yakunlashi mumkin.

Яндекс.Метрика