У нас есть только
оригинальные песни

Talabalarni majburiy ishga jalb qilgan rahbarlar ishdan olindi

calendar 06.06.2018
945

Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.A. shu yili 29 may kuni Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya fakultetining neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi ta`lim yo'nalishi talabalarini darslaridan ozod qildirib, Nukus tumanidagi o'zining «Shortanbay tangi» fermer xo'jaligiga dala ishlariga majburiy tusda mehnatga jalb qilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi, deyiladi Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi saytida.

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko'ra, mazkur holatni o'rganish natijasida haqiqatdan ham Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.A. talabalarni yordam berish uchun fermer xo'jaligiga olib borganini va shu kunning o'zida soat 10:30larda fakultet dekanatining ko'rsatmasiga asosan talabalarni universitetga qaytarib olib kelganini, qilgan ishidan pushaymon ekanini ma`lum qilgani aniqlangan.

Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.A. hamda kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.K. 2018 yil 2 iyun kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgani bildiriladi.

Яндекс.Метрика