У нас есть только
оригинальные песни

Talonchilar bironta ham o‘q uzmasdan, Buenos-Ayres yaqinidagi bankni 30 soniyada o‘marib ketdi

calendar 14.01.2017
1317


4 nafar qurollangan jinoyatchi yarim daqiqa ichida Argentina poytaxti Buenos-Ayresdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Tigre shahrida bank bo‘limini o‘marishga ulgurdi. Ular o‘zi bilan 750 ming peso (47 ming dollar) olib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda .

Kuzatuv kameralari videoyozuvida niqob kiygan ikki jinoyatchi Mercedes-Benz avtomobilidan chiqib, bankning oynavand devorini bolg‘a bilan sindirayotganini ko‘rish mumkin. Ularning vintovkalar bilan qurollangan ikki sherigi bu payt mashinada qolgandi. 14 soniyadan so‘ng talonchilar bank binosidan hujum chog‘i bankomatlarga joylashtirilayotgan uchta kassetada pul bilan chiqdi va mashinaga o‘tirdi.
Talonchilik jami 24 soniya vaqt oldi. 6 soniya jinoyatchilardan biriga mashina yonida tushib qolgan buyumni olish uchun kerak bo‘ldi. Ular hodisa chog‘ida biror marotaba o‘q uzmagani bildirilmoqda.

Яндекс.Метрика