У нас есть только
оригинальные песни

Tamaki chekuvchilarning ta’m bilish qobiliyati yo‘qoladi

calendar 09.01.2018
897

Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, tamaki mahsulotlarini chekuvchi insonlar taom ta’mini bilolmaydi. Shifokor Suresh Baggning fikricha, chekish ta’m retseptorlariga ta’sir o‘tkazib, ishtahani yo‘qotadi. Shuningdek, tamaki mahsuloti organizmda metobolizmni kuchaytiradi, natijada chekuvchi insonlar birdaniga vazn tashlaydi.

Tamaki mahsulotini tashlash orqali esa ular normal vazn to‘play boshlashadi. Qolaversa, 3 oy davomida chekishdan voz kechgan kishilar asabiylashishi, ish qobiliyati pasayishi va yana turli noxush holatlarni his etishi mumkin. Biroq ular yana to‘liq ta’m bilish qobiliyatlarini tiklashga ega bo‘lishadi. Qolgan noxush holatlar ham o‘z o‘rnida yo‘qoladi.

Mutaxassislar, tamaki mahsuloti chekishni tashlagan odamlarga ko‘proq sifatli taomlar, mevalar, sabzavotlar ista’mol qilish kerakligini va albatta, shokoladdan biroz tiyilishlarini maslahat berishmoqda.

Яндекс.Метрика