У нас есть только
оригинальные песни

Tamila va Amira taxallusu qo'shiqlaridan ayrildi

calendar 21.11.2016
2048

"Maestro" firmasi raxbari prodyuser Najot Agzamov uning ijodiy qaramog'ida bo'lgan uch xonanda Tamila, Amira Alibekova va Yagonalar bilan shartnomalarni bekor qilgani xaqida rasman e'lon qildi.

Najot Agzamov:- Tamila va Amira Alibekova loyixalari shatrnoma muddati tugagani munosabati bilan to'xtatildi. Ularning "Maestro" orqali berilgan taxalluslari xamda barcha qo'shiqlari firma zaxirasida qoladi. Faqatgina Yagonaning taxallusi va "Maestro" bilan shartnoma davrida yozilgan qo'shiqlaridan foydalanish xuquqi unga beriladi.

Eslatib o'tamiz Tamilaning asl ism sharifi Esmeralda Raxmatova, Amira Alibekovaning-Adelya Alibekova va Yagonaniki-Kamilla Umarova.Biroz avval Amira Alibekovani to'y xizmatlarida yil oxirigacha 50$ narxda belgilanganini prodyuseri ma'lum qilganida saytimizda xabar bergandik. Shundanoq ichki muxit muvozanati buzulgani sezilgandi. Biroq o'sha paytlar Amira bilan bu narx xaqida bog'langanimizda u xech narsani izoxlashni istamasligi va bu xammasi ichki muammolar bo'lib uni olib chiqishni o'ziga ep ko'rmasligini ma'lum qilgandi.

Tamila bilan esa umuman izoxga xojat yo'q. Ortiqcha muloxazasiz xammasi tushunarli. Xozirda shou-biznesni aksariyatga ma'lum bo'lib bo'lgan u bilan bog'liq muammolar sabab shundog'am og'ir damlarni (balki loyig'ini) ikki barobar olayotgan Esmeraldani ortiqcha muxokama qilmaslikni lozim toptik.

Yagona taxallusi bilan ijod qilayotgan Kamilla Umarovaning esa Yagona taxallusi "Zero" guruxidan ketgach yakkaxon ijod qilayotganida bor edi, shunchaki "Maestro" bilan shartnoma tuzgach u taxallusni firmaga rasmiylashtirgan ekan.

Xozirda o'z nomi Adelya xuquqida qolgan Amira bilan bog'lanib bu xolat yuzasidan fikrini so'raganimizda u sal keyinroq batafsil o'z xaqiqatlarini ma'lum qilishini aytib, nima bo'lganida xam u ijodni to'xtatmasligini bildirdi.

Muallif: Sardor Komilov

Яндекс.Метрика