У нас есть только
оригинальные песни

Taniqli suxandon Rahmatilla Mirzaevning qotili qo'lga olingani rasman tasdiqlandi

calendar 03.03.2015
11928

2015 yil 2 mart kuni ertalab Zangiota tumani Chig’atoy-Oqtepa qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan uyining hovlisidan 61 yoshli erkak kishining o’tkir tig’li jism bilan ko’p marotaba jarohat etkazilgan holdagi jasadi topilgan. U Zangiota tumanida yashagan 1954 yilda tug’ilgan fuqaro Mirzaev Raxmatilla Xidaevichning murdasi ekanligi ma’lum bo’ldi.
Toshkent viloyati IIB xodimlari tomonidan "issiq izida" olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu qotillikni  sodir etganlikda gumonlanib - Zangiota tumani Chuvalachi qishlog’ida yashovchi,       21 yoshli yigit qo’lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi. Olib borilgan tergov harakatlari davomida jabrlanuvchining uyidan ashyoviy dalillar topildi.
Hozirgi paytda tergov jarayonida mazkur jinoyatni sodir etilish sabablari aniqlanmoqda
Яндекс.Метрика