У нас есть только
оригинальные песни

Tanzaniya prezidenti mamlakatda mini-yubka kiyishni man etdi

calendar 19.01.2016
1869

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli mamlakatda mini-yubka kiyishni man etdi va ayollarga ulardan xalos bo‘lish uchun uch hafta muhlat berdi. Uning aytishicha, kalta liboslar OITS tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

O‘tgan yilning noyabrida hokimiyatga kelgan Magufuli mamlakatda mustaqillik kunini nishonlashni bekor qildi va “fuqarolar vabodan o‘layotgan payt pullarni bunday bayram tadbirlariga sarflash uyat” ekanligini bildirib, tejab qolingan mablag‘ni axlatlarni yo‘q qilishga sarflashni buyurdi.

Davlat rahbari parlament sessiyasi ochilishi marosimini o‘tkazishni ham man etdi va bundan tejalgan pullarni tibbiyot markazlariga bemorlar uchun karavot sotib olishga yo‘naltirish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Prezident hukumat amaldorlari uchun xorijiy safarlarni ham bekor qildi va ulardan dunyo kezmay, mamlakat muammolari bilan shu yerning o‘zida shug‘ullanishni talab etdi. Agar chet elga bormaslikning umuman iloji bo‘lmasa, mansabdorlar ekonom klassda uchishiga to‘g‘ri keladi. Birinchi va biznes toifasida safar etish imkoniyati esa faqat prezident, vitse-prezident va bosh vazir uchun qoldirildi.

Яндекс.Метрика