У нас есть только
оригинальные песни

Tarixdagi ilk kinoseans qanday bo'lgan?

calendar 29.12.2016
1083

28 dekabr Xalqaro kino kuni sifatida nishonlanadi. Aynan shu kuni 1895 yili Parijdagi kafelardan birining kichik xonasida aka-uka Lyumerlarning sinematografi birinchi namoyishi bo'lib o'tdi.

1895 yili parijliklarni Rojdestvodan so'ng yana bir quvonchli voqea kutib turgandi – dunyodagi birinchi kinonamoyishi. Fransiya poytaxti ko'chalarida bunga bir necha kun qolganda katta afishalar paydo bo'ldi. Rasmlarda o'rindiqlarga ega bo'lgan kichik zal va undagi katta yoshdagi kishilar hamda bolalar tasvirlangan. Ular hayrat va quvonch bilan ekranlarga tikilib o'tirishardi. Bu holat aka-uka Lyumerlarning sinematografi sabab yuz bergan.

28 dekabr kuni kishilar o'zlari uchun yangi bo'lgan bu so'z nimani anglatishini tushunishdi. Kaputsinlar bulvaridagi 14-raqamli uyda joylashgan “Grand-kafe”da kishilar yig'ilishdi. Kirish narxi - 1 frank. O'sha kecha aka-uka Lyumerlar atigi 35 foiz tomoshabinni yig'ishga muvaffaq bo'lishdi. Biroq bir hafta o'tib Lyumerlarning sinematografini ko'rish istagida bo'lganlar soni o'n baravarga ortib ketdi. “Grand-kafe” oldida katta navbatlar paydo bo'ldi.

Aka-uka Lyumerlar xonada oq to'g'ri burchakli polotno osib qo'yib, qarama-qarshi devorda shtativdagi qutini joylashtirishdi – bu ular “kinematograf” deb atagan qurilma edi. Barcha tomoshabinlar o'z o'rinlariga joylashib olgach, chiroq o'chirildi va polotno (ekran) nurga to'ldi. Bir necha soniyalar o'tib unda Liondagi Belkur maydonining surati tasviri paydo bo'ldi. Undagi surat harakatga kelmadi, tomoshabinlar esa ularni aldashgan, deb hisoblashdi. Biroq aka-uka Lyumerlar qurilmalarini buray boshlagach, aravali ot yugura boshladi, u bilan esa barcha kishilar ham harakatga kelishdi.

Tomoshabinlar qarsak chalib, kulib yuborishdi. O'sha kecha o'nta hujjatli film namoyish etildi. Har bir rolikning davomiyligi 30-50 soniya edi. Birinchi seans dasturiga noodatiy nomga ega filmlar kirgan: “Lyumerlar fabrikasidan ishchilarning chiqishi”, “Chavandozlik mashqlari”, “Tilla baliqchalarni tutish”, “Deputatlarning Liondagi fotokongressga kelishi”, “Suv sepuvchi”, “Chaqaloqning nonushta qilishi”, “Brezent uzra sakrash”, “”Liondagi Kordele maydoni”, “Dengizda cho'milish”.

Яндекс.Метрика