У нас есть только
оригинальные песни

Tarkan o‘zining ashaddiy muxlisasiga uylandi (foto)

calendar 02.05.2016
2822

Turkiyalik taniqli qo‘shiqchi Tarkan bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

Tarkan va uning sevgilisi Pinar Dilek qonunan nikohdan o‘tdi. Ularning nikoh marosimi Istanbul shahridagi yirik villalardan birida bo‘lib o‘tdi. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Tarkan o‘zining ashaddiy muxlisasi bilan Germaniyadagi konsert dasturida tanishgan.

Nikoh marosimida kelin-kuyovning yaqin qarindoshlari va do‘stlari ishtirok etdi. Dabdali to‘y marosimi esa yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика