У нас есть только
оригинальные песни

Tarmoqlarda Huawei P20 Lite smartfonining suratlari paydo bo‘ldi

calendar 05.03.2018
820

Huawei kompaniyasi 27-mart kuni o‘zining yangi P20 flagmanining taqdimotini o‘tkazadi. Smartfonning o‘ziga xos jihati — uning ekranini yuqori qismi hisoblanadi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru

 

Suratlardan ko‘rish mumkinki, yangi Huawei smartfonini yaratishda iPhone X dizaynidan ilhomlanilgan. Buni uning ekrani yuqori qismidagi qirqimdan hamda vertikal joylashgan ikkitalik kameradan payqash mumkin. P20 Lite korpusining orqa qopqog‘i oynadan va metall hoshiyadan ishlangan.

Smartfonga Full HD+ kengaytmali 5,84 dyuymli ekran o‘rnatiladi. P20 8 yadroli protsessor yordamida ishlaydi. Tezkor xotirasi 4 gigabaytga, ichki xotirasi esa 64 gigabaytga teng. Shuningdek, unga sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lgan akkumulyator hamda 16+2 megapiksellga teng ikkitalik kamera o‘rnatiladi.

Smartfon hozirda 369 yevroga baholanmoqda.

Яндекс.Метрика