У нас есть только
оригинальные песни

Tashkent City kontinental velojamoasi tashkil etildi

calendar 24.12.2017
865

21-dekabr kuni O‘zbekistonga Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lapparten va Osiyo velosport konfederatsiyasi (ACC) prezidenti Usam Ahmad Abdulloh ash-Sharof boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Toshkent velotrekida veloshosse bo‘yicha 2018-yilgi Osiyo Kubogi hamda 2019-yilgi Osiyo chempionatini o‘tkazish, Toshkent viloyatida olimpiada dasturidan o‘rin olgan “BMX” va “mauntinbayk” bo‘yicha sportchilar hamda murabbiylar malakasini oshirish uchun sport majmuasi (velodrom) qurilishida, shuningdek tashkil etilayotgan “Chorvoq” erkin turistik zonasida Tour de Charwak Lake xalqaro velopoygasini o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

UCI va ACC Tashkent City kontinental velojamoasiga xalqaro musobaqalar va Gran-prilarda ishtirok etishda moddiy-texnik va amaliy yordam ko‘rsatadi.

Яндекс.Метрика