У нас есть только
оригинальные песни

TASHLAB KETMANG MENI ONAJON!!!

calendar 06.11.2012
4658

TASHLAB KETMANG MENI ONAJON...

Bu dunyoda Onalardan 
Ulug' inson bo'lmaydi. 
Farzandini havaslardan 
Ardoqlovchi bo'lmaydi. 

Orzulardan bunyod bo'lgan 
Qalbingizman, Onajon. 
Vujudingiz bir parchasi 
Tashlab ketmang, Onajon ! 

Yetimlarni shum boshini 
Silovchilar kopdur,lek 
Menga sizning mehringiz ulug' 
Tashlab ketmang, Onajon ! 

Men bilaman,siz ham mansiz 
Afsuslardan adosiz 
Iltijoni qilib so'zsiz 
Tashlab ketmang, Onajon. 

Farzandlikdan olib meni 
Yetimlikka tashlamang 
. Yetimlikni noni qattiq 
Havaslarni hushlamang. 

Hayotingiz marvaridi 
Qalbingizni nuriman 
Qilmang mehrlarga muhtoj 
Tashlab ketmang, Onajon. 

Qanchalarni mushtoq qilib 
Yoningizda turibman 
Befarzandlar nidosiman 
Mehringiz istab turibman. 

To'qqiz oyda mehringizdan 
To'yolmagan ojizman 
Shu hayotim qo'lingizda 
Tashlab ketmang, Onajon ! 

Qancha inson tirnoqqa zor 
Qanchasidir qilar xor 
Nechun, Ortingizga boqmay 
Ketmoqdasiz, Onajon ! 

Kelajakda hali sizni 
Baxtga ko'mib, berib jon. 
Xizmatingiz shu bo'ynimda 
Tashlab ketmang, Onajon. 

Yurak urishingiz tinglab 
Mehringizni boy bildim. 
Yolg'iz sizni " Onam " deya, 
Ona mehrin his qildim. 

Allohimni menga bergan 
Risqi sizda, Onajon. 
Ketmang, meni risqim qiyib 
Tashlab ketmang, Onajon. 

Mehringizdan o'zga mehr 
O'rningizni bosolmas 
Tug'ilishim o'zi sehr 
O'zga Onam bo'lolmas. 

Qattiq xatolarni qilib, 
Qilmang, bag'ringizni qon 
Xatolardan xato yasab 
Tashlab ketmang, Onajon ! 

Har soniya yangrayverar 
Nidolarim, faryodlarim. 
Axir meni aybim nedur... ??? 
Namdur boqqan Qarog'larim... 

Havaslardan, gap - so'zlardan 
Farzand shirin, Onajon. 
Ko'z yoshimni to'kib- to'kib 
Tashlab ketmang, Onajon. 

Farzandlikdan olib meni 
Yetimlikka tashlamang. 
Yetimlikni noni qattiq 
Havaslarni hushlamang. 

Bu dunyo ham o'tar, ketar 
Havaslarni quchoqlab 
Oxiratda yolg'iz sizga 
Suv tutaman, Onajon..! 

Menda sizni haqqingiz bor 
Olmaysizmi, Mehribon...? 
Mensiz qanday yashab to'kis 
Baxtlimisiz, Onajon...? 

Meni mehringizdan yulib 
Kimga mehr beryapsiz? 
Bir murg'akni zor- zor qilib 
Kimni to'kis qilyapsiz? 

Nahot, meni bu yashashim 
Sizga keladi malol 
Haqqim yoqmi,nahot meni 
Baxtli yashash, shumi hol. 

Bag'ringizga bu qahrlar, 
Qay manzildan keldi, nega? 
Bir parcha-yu, panohsizga, 
Bu alamlar kerak, nega? 

Ko'zlarimga intizorlik 
Tuyg'usini joylamang. 
Onasini kutib yotgan 
Sog'inchlarga boylamang. 

Bu hayotga to'yolmagan 
Boshga yana sinov, nega? 
Ilk daqiqa Armonlar-u, 
Sog'inchlarni berib, nega? 

Tushlarimga kirib ko'p bor 
Boshginamni silaysiz 
Ammo tongda yana meni 
Tashlab qayga ketasiz? 

Mehringizga ravo ko'rmay 
Nechun, Bag'rim tig'laysiz ? 
Ko'zlarimga g'amni joylab, 
Yana nelar tilaysiz ? 

Qo'llarimni ko'kka cho'zib 
Yolg'iz sizni so'rayman 
Meni tashlab ketmang, deya, 
" Baxtim " sizga tilayman. 

Umringizni bahorini 
O'chiryapsiz, Onajon. 
Tashlab, endi kimdan Vafo 
Kutayapsiz, Onajon. 

Bu dunyoni matohlari 
Mendan afzal bo'ldimi 
Odamlarni gunohlari 
Kechirimli bo'ldimi ? 

Ko'chalarga boqib doim 
Onam, sizni izlayman. 
Meni olib ketarmi, deb 
Takror - takror o'ylayman. 

Nega, meni bir umrga 
Zor - intizor qildingiz ? 
Aybimni ham aytmasdan, 
Ko'zda yoshlar qildingiz ? 

Яндекс.Метрика