У нас есть только
оригинальные песни

Tashqi omillarning O‘zbekiston banklariga ta’siri kuchaydi

calendar 29.11.2015
2301

O‘zbekiston banklari davlat va yuqori ichki talab hisobidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, biroq ularga nisbatan tashqi omillarning bosimi kuchaydi. Bu haqda, Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

“O‘zbekiston bank sektori bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari barqaror qolmoqda va davlatning kuchli investitsiyalari va mamlakatda hali ham yuqori bo‘lgan ichki talab hisobidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Biroq xomashyo mahsulotlari, birinchi galda neft va paxtaning narxi nisbatan tushgani, MDHdagi asosiy savdo hamkorlarining iqtisodiy o‘sishi sustlashgani va Rossiyadan pul o‘tkazmalarining kamaygani O‘zbekiston iqtisodiyotiga bosim o‘tkazishi mumkin”, — deyiladi agentlik hisobotida.

Agentlik ekpertlarining fikricha, 2015-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston banklari aktivlari sifati adekvat holatda qoladi, kreditlarning qadrsizlanishi esa o‘rtacha barcha kreditlar hisobidan mo‘tadil 4,7 foizni tashkil etadi, rezervlar bilan qoplash esa qulay 90 foizlik darajada bo‘ladi.

Fitch hisob-kitoblariga ko‘ra, kapital zaxirasining yetarli ekanligi kreditlarning o‘rtacha 9 foizga qadrsizlanishi ortidan rezervlarni oshirish imkonini beradi, aksariyat hollarda bu mo‘tadil tushkunlikni yengib o‘tish uchun yetarli hisoblanadi.

Fitch ma’lumotlariga ko‘ra, valyutada kreditlashtirish ulushi yuqori ekanligiga qaramay (barcha kreditlarning 49 foizi), aksariyat qarz oluvchilarning barqaror valyuta daromadlari mavjudligi bank sektorining barqarorlashgan valyuta pozitsiyalari mavjud ekanligini ko‘rsatadi.

Яндекс.Метрика