У нас есть только
оригинальные песни

Tasodifiy taqdir!

calendar 19.11.2011
4811


Beeline ofisida charos ko’zli,sochlari beliga yetay deb qolgan,qoshlari yomg’ir tomchisida jilolangan kamalakni eslatuvchi,g’uncha lab,oppoq yuzli,bo’ylari uzun ammo latofatli qiz o’tirardi.Uning nozik barmoqlari kompyuter klavyaturalarini birma bir oxistalik bilan bosardi.Bu uning qandaydur muxim ish bilan mashg’ulligini bildirar edi.

 -Salom! Hayyolari parishpon qiz... to’satdan kelgan ovozdan cho’chib tushdi.
 -Salom keeling!U qarshisidagi dovdirroq,ammo nigohlari samiymiy bolaga yuzlanib mulozamat qildi.
 -Haligi…Men…Nimadandur hayajonlanib ketgan yigit tutilib qoldi.
 -Xo’sh eshitaman nima siz?Qiz yigitga yanada hushyor qaradi.
 -Men beeline sim kartasini xarid qilmoqchi edim!O’zini bosib olgan yigit dadillashib! -Marxamat nomer tanlashiz mumkun,faqat bu bir oz vaqtni oladi.Pasport ma’lumotlarizni kopmyuterga joylashim kerak!
 -Yaxshi men tushlik qilib kela qolay a?ungacham siz tayyorlab qo’yasiz man qaytishimda olib ketaman.Yigitning ko’zlari charos ko’zlarga qaradi.(bunchalar chiroyli bo’lmasa bu ko’zlar) -Albatta tayyorlab qo’yaman.Qiz beparvo yigitni qo’lidan fuqarolik pasportini oldi.Yigit bir zum yon atrofdagi beeline reklamalariga qaradida keyin ofisdan chiqib ketdi. U to’g’ri ofis qarshisidagi mo’jazgina kafe-barga kirdi.Buyurtmalari olib kelinguncha hayolga toldi.”Menga nima bo’ldi?Uning nigohlari?Ovozi ham yoqimli ekan?To’xta bas qil!Nimalar deb aljirayapsan o’zi Ismoil?Oh…..u ko’ksiga qo’lini qo’ydi.Yuragi tezlashib duk duk urayotganini sezdi.Garchi hali ko’p fursat o’tmagan bo’lsada o’sha ofisdagi hurliqo qizni yana ko’rgisi kelib betoqlandi.Biz ozdan keyin Ismoil ofitsant qizni chaqirib to’lovlarni bajargach,ofis tomon yo’l oldi.Yigitni butun xayoli sim kartada emas ofisdagi go’zal malikasida edi.

 -Tayyor bo’ldimi yigit qizni ko’zlariga qarab so’radi!
 -Ha mana bo’ldi bu tanlagan nomeriz va pasportiz.
 -Raxmat hm…Mana bu mandab sizga sovg’a!
-Yigit qo’lidagi kitobchani qizga uzatdi. -"Sevgi oqshomi”!Bu kitob siznikimi?Qiz kitobni ko’rdiyu yigitga yuzlandi.
 -Ha shunaqa desa ham bo’ladi.Ismoil sal xijolat tortgandek ko’zlari bilan yer chizdi!

 -Sher yozasizmi?Shoirmisiz?Deb ketma ket berilgan savoldan yanada uyalgannamo boshini qimirlatdi.
 -Ismoil (yigitni ismini qiz kitobchasidan o’qib bilgandi) agar xop desangiz sizga taklifim bor dedi qiz.
 -Aytavering Ismoil hayron qizga qaradi. Avvalo tanishib olaylik ismim Munira !Men Yoshlar.com saytda ishliman.Saytimiz admini Sardor aka "Yosh istedod”loyixasini ochganla shu loyixada sizni sherlarizni ,hikoyalarizni joylashtirsak,shunga nima deysiz?
Yigit bir oz sukut saqlab turdida "ROZIMAN”dedi.Chunki bu Ismoilga qizni ko’rib turush imkoniyatini berardi.Ular xayirlashdi ammo yigit qizni yoniga kelib turadigan bo’ldi. Oradan oy o’tdi .Yigit har safar qizga yangi ijod namunalarini olib kelgan,yigit qizga butunlay bog’lanib qolishga ulgurgan edi.Uning aksariyat yozganlari ofisdagi sevgilisiga atalgan noma edi.Qiz esa bunday butunlay bexabar. Ismoil kecha tunda ertaga Muniraga sevishinmi aytaman deb ko’ngliga saqlab qo’ydi. Erta tong.U ofis tomon yaqinlashib keldi,mana u qizni qarshisida. Lekin afsus ming afsus !Qizni o’zga bola bilan ko’rdi! Qalb parchalandi,yurak siqildi,oshiq ado bo’ldi.Bir laxzada xijronni armonni tutdi!Endi ketaman qaytib Munirani yoniga kelmayman degancha ketmoqqa shaylangandi.Munira uni ko’rib Ilyos Kelin qayirga ketyapsiz deb chaqirdi. -Ismoil tanishing bu mani akajonim Farruh akajon tanishing bula Ismoil shoir va yozuvchila saytimizada sher va hikoyalari chiqadi. Ismoil xayriyat degancha samimiy jilmaydi.
 Davomi bor...

 Ilhom Fayzullayev
Яндекс.Метрика