У нас есть только
оригинальные песни

Tat'yana va Lola Karimovalar Minor masjidini ziyorat qilishdi

calendar 12.10.2016
3053


O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning turmush o'rtog'i Tat'yana Karimova va qizlari Lola Karimova 2016 yil 10 oktyabr kuni shahrimiz markazida qad rostlagan “Minor” jome masjidini ziyorat qilish maqsadida tashrif buyurdi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi sayti ma`lum qildi.
Ushbu masjidni respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bevosita tavsiyalari va tashabbuslari bilan 2013 yil 29 iyulda Toshkent shahrining Minor mahallasi hududida bunyod etilgan.  O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning turmush o'rtog'i Tat'yana Karimova va qizlari Lola Karimovalarni O'MI Toshkent shahar bosh imom-hatibi Anvar qori Tursunov, Toshkent shahar vakilligi hodimlari va masjid jamoasi kutib olishdi. Ziyoratchilar dastavval masjidga o'zgacha ko'rk bag'ishlab turgan favvora va hududda olib borilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, masjidning ichki hovlisi, O'MI Toshkent shahar vakilligi ma`muriyati honasi va masjid honoqohini ziyoratqilishdi.
Toshkent shahar bosh imom-hatibi Anvar qori Tursunov masjidning qurilish tarihi, masjid sig'imi, yurtimizning turli viloyatlaridan kelayotgan ziyoratchilarning yurtimiz va yaqinda vafot etgan yurtboshimiz haqlariga qilayotgan duolarini aytib o'tdi. A.Tursunov masjidning qurilishi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prizidenti I.A.Karimov janoblarining tashabuslari bilan chiroyli va ko'rkam holga keltirilganligini, ushbu qilingan barcha ishlar tahsinga sazovor ekanligini ta`kidlab o'tdi.
Tat'yana Karimova va qizlari Lola Karimovalar “Minor” masjidiga qilgan ziyoratlaridan mamnun bo'lganliklarini bildirib, birinchi prezidentimizning 1992 yil Umra safarida Saudiya Arabistoni qiroli tomonidan hadya qilingan kisvani masjid jamoasiga hadya qilishdi. Ushbu kabapo'shning qadri yana shu bilan balandki, ushbu kisva bir yil davomida Kabayi Muazzama ichida saqlanganligidadir.
Ziyorat so'ngida O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning haqlariga Qur`on tilovat qilinib, ruhi poklariga bag'ishlandi. Shuningdek, ziyoratchilarga “Minor” masjidi nomidan esdalik sovg'alar topshirildi.

Яндекс.Метрика