У нас есть только
оригинальные песни

TATUda dasturlash bo'yicha olimpiada bo'lib o'tdi

calendar 22.05.2016
1038

2016 yilning 20-21 may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning xududiy filiallari va Toshkent shahridagi INXA universitetlari birinchi bosqich talabalari o'rtasida dasturlash bo'yicha jamoaviy olimpiada” bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqa mamlakatimizda ta'lim-tarbiya jarayonida talabalarning faoligini oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni rag'batlantirishga qaratilgan vazifalarni bajarilishini ta'minlash maqsadida uchinchi bor tashkil etildi.

Saralash natijalariga ko'ra ikkinchi, final bosqichida Toshkent shahrining 13 jamoasi, Samarqand filialining 5 jamoasi, Urgench filialining 2 jamoasi, Farg'ona filialining 3 jamoasi va Toshkent shahridagi INXA universitetining 1 ta jamoasi qatnashdilar.

Natijalar:
1-o'rin. Tashkent U of IT 2 jamoasi.
Axmadaliev Abdulla, Murtozaqulov Xo'jamurod, Kalabaev Sharapat
Murabbiy: Maxmudov Anvarjon Zokirovich

2-o'rin. Tashkent U of IT 1 jamoasi.
Qambaraliev Shaxzod, Xo'jabekov Samandar, Еshonaliev Azizbek
Murabbiy: Mo'minov Baxodir Boltaevich

3-o'rin. INHA #2 jamoasi.
Isakov, Mamataliev, Xamidov

Bunday musobaqalar mamlakatimizda dasturlash industriyasiga o'z hissasini qo'shadigan yuqori malakali mutaxassislarni etkazib berishda va Jahon olimpiadalarida O'zbekiston sharafini ximoya qilib, bayrog'ini baland ko'taradigan jamoalarni shakllantirishda poydevor vazifasini bajaradi.

Яндекс.Метрика