У нас есть только
оригинальные песни

TATUda forma kiygan «zaychiklar» qo'lga tushdi

calendar 07.07.2017
2412

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o'zining test sinovlarini o'tkazish joylarida biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish (identifikatsiya) va boshqarish tizimini joriy etgan. Bu haqda universitet saytida ma`lumotlar berilgandi.

5 iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining 450 nafar abituriyenti uchun test imtihonlari o'tkazildi.

Biometrik va pasport ma`lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida «Zaychik» abituriyentlar aniqlandi, deb xabar berildi universitetning Facebook’dagi sahifasida.

Xalq orasida «Zaychik» deya ataluvchi abituriyentlar «biometrik tizimni aldayman» degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo'lgan, natijada esa 16 ta «zaychik» qopqonga tushdi.

Diplom muqovasi ichiga konspiratsiya – ya`ni yashirilgan telefonlar ham aniqlandi.

 

Яндекс.Метрика