У нас есть только
оригинальные песни

TDTUda 2ta yangi fakultet tashkil etiladi

calendar 10.05.2016
2044

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov «Toshkent Davlat Texnika Universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonga imzo chekdi (pdf).

Hujjat sanoatning asosiy yo'nalishlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo'yicha o'rta va uzoq muddatli strategik dasturlarni samarali amalga oshirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasini tubdan yuksaltirish, jahonning muhandislik ta'limini rivojlantirish tajribasidan kelib chiqib kadrlar tayyorlashni tashkil etish va sifatini yaxshilash, shuningdek zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish maqsadida qabul qilingan. 

Shu munosabat bilan O'zbekiston rahbari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti va Respublika Fanlar Akademiyasi ion-plazma va lazer texnologiyalari institutini, Texnika Universiteti negizida qayta tashkil etish taklifini qabul qildi. 

Farmonda qayd etilishicha, TDTU respublikaning muhandislik-texnik yo'nalishlarda kadrlar tayyorlash bo'yicha asosiy oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. 

Yangi tashkil etiladigan TDTUda injenerlik tizimlari fakulteti va muhandislik-fizika fakulteti ish boshlaydi.

Hujjatda qayd etilishicha, TDTUning neft va gaz fakulteti talabalari I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft-gaz universitetining Toshkent shahridagi bo'limida tahsilni davom ettirishadi.

Яндекс.Метрика