loading...

 

Telegram'da yangi imkoniyatlar paydo bo'ldi

Telegram ishlab chiqaruvchilari Yangi yil bayramida ham tinib-tinchimagan ko'rinadi. Ular xato ketgan xabarlarni o'chirish imkonini beruvchi yangi funksiyani ishga tushirishdi. 

Hammamiz hech bo'lmaganda bir marta yozgan xabarimizni adashib birovga yuborgan paytlarimiz bo'lgan. Ba`zan esa o'ta keskin gaplarni yozib yuboramiz-da, Send (Yuborish) tugmasini bosgandan keyin bundan afsuslana boshlaymiz. 

Telegram messenjyerining yangi versiyasida ana shunday xatolarni to'g'irlash imkoni paydo bo'ldi. Endi 48 soat ichida yuborilgan har qanday xabarni shunchaki o'chirib tashlash mumkin, shunda yuborgan odamingiz uni o'qiy olmaydi (agar undan avval o'qishga ulgurmagan bo'lsa, albatta). 

astur sozlamalarini oching, shundan so'ng Data and Storage bo'limiga o'ting. Bu yerda ikki yangi punktga ko'zingiz tushadi - qabul qilingan va yuborilgan ma`lumotlar statistikasini ko'rishga imkon beruvchi Mobile Data Usage va Wi-Fi Data Usage. 

Yana bir yangilik Telegram'dagi manzilingizni qisqartirish imkonini beradi. Bundan avval ushbu maqsadda telegram.me prefiksidan foydalanilar edi, endi esa u t.me'ga qisqardi, ya`ni o'z kanalingizga havola bermoqchi bo'lsangiz, t.me/username deb yozishning o'zi kifoya. 

Mazkur global yangiliklardan tashqari, faqat Android mijozlarga mo'ljallangan yana bir necha yangiliklar mavjud. Statistikaga ko'ra, Telegram foydalanuvchilarining 85 foizdan ortig'i aynan shu operatsion tizimni qo'llashadi, shuning uchun unga alohida e`tibor qaratilmoqda. 

Android foydalanuvchilari yangi Gboard klaviaturasi bilan yaxshilangan integratsiya, Android 7.1'da dastur yorlig'ini keng qo'llab-quvvatlash funksiyasi va yangi emotikonlarga ega bo'lishlari mumkin. 


Комментарии (0) | Добавить: 04.01.2017

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Shakardan voz kechish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari
Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi
"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi
Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi