У нас есть только
оригинальные песни

«Telegram bloklanganidan keyin ham g'alaba qozondi»

calendar 18.04.2018
1812

Telegram IP-manzillarni smartfonlardagi ichki funksiyalar orqali o'zgartirish imkonini beradi, hamda shuning uchun u Roskomnadzorning bloklashga bo'lgan urinishlariga qaramay, hamon ishlamoqda. Bu haqda messenjer sarmoyadori, Qiwi asosiy aksiyadori Sergey Solonin «Kommersant`» gazetasiga aytib o'tdi.

«Telegram’dagi texnologiya smartfonlarda bo'lgan ichki funksiyalar orqali IP-manzillarni dinamik o'zgartirish imkonini beradi. Shu tariqa, Telegram manzillarni to'xtovsiz tarzda o'zgartirishi mumkin. Men Roskomnadzor uni qanday qilib butunlay bloklab qo'yishi mumkin ekanini unchalik yaxshi tushunmayapman. Bu haqda avval o'ylashmagani g'alati, sababi bu ma`lum narsa edi», - deya aytib o'tdi u.

Soloninning fikricha, Telegram’da o'z auditoriyasini kengaytirish uchun barcha imkoniyatlar bor – foydalanuvchilar «sifatning o'rniga ishonchlilik va himoyalanganlikni tanlaydi. Telegram kalitlarni hech kimga bermaydi. Nima uchun Rossiyada boshqacha bo'lishi kerak?», - deya xulosa qilgan u.

Яндекс.Метрика