У нас есть только
оригинальные песни

Telegram’da yuborilgan xabarlarni tahrirlash imkoni paydo bo'ldi

calendar 16.05.2016
1017

15 may kuni Pavel Durovga tegishli Telegram messenjeriga xabarlarni tahrir qilish imkoniyati kiritildi. Ushbu funktsiyani shaxsiy yozishmalarda ham, guruh suhbatlarida ham qo'llash mumkin. Bu haqda xizmatning rasmiy blogida xabar qilingan. 

Yangi funktsiyadan iOS va Android ilovalarida, shuningdek, messenjerning desktop-versiyasida ham foydalanish mumkin. 

Xabarni o'zgartirish uchun o'sha xabarni belgilab “Tahrir qilish” (“Redaktirovat”) tugmasini bosish kerak bo'ladi. Xabarlarni yuborilgan kundan boshlab ikki kun davomida o'zgartirish mumkin. 

Guruh suhbatlarida esa @ belgisi va ishtirokchilar ro'yxatidan kerakli odamni belgilab suhbatdoshga ishora qilish imkoni tug'ildi. Bu holatda ko'rsatilgan odamga, u ushbu suhbatda bidirishlarni o'chirib qo'ygan bo'lsa ham, bildirishnoma keladi.

Яндекс.Метрика