«Telegram»dagi o‘chirib yuborilgan yozishmalarni qayta tiklasa bo‘ladimi?

Tasodifan yoki ataylab «Telegram»dagi barcha yozishmalar tarixini o‘chirib yubordingiz, biroq u yerda sizga kerakli narsalar borligi birdan yodingizga tushdi… Endi esa uni qayta tiklash kerak. Buning uchun nima qilish lozim? Axir ko‘plab messenjerlarda bu kabi funksiya mavjud-ku. Bundan tashqari ular yozishmalar tarixidan zaxira tarzida nusxa olib qo‘yish imkonini beradi. «Telegram»da ham shunday qilsa bo‘ladimi?

Yozishmalarni qanday tiklash mumkin?

Foydanuvchilarning aksariyati messenjerning o‘zida ushbu ishni bajarish imkonsiz deb hisoblaydi. Shunda ular «Telegram» o‘rnatilgan papkaning ichiga kirib ko‘rishadi. Biroq u yerda ham yozishmalar tarixiga bog‘liq fayllarni topa olishmaydi. Jahli chiqqan foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanadi. Shunda «Telegram» ma’muriyatidan yakuniy xulosa taqdim etiladi: «Telegram»da o‘chirib yuborilgan yozishmalarni qayta tiklashning iloji yo‘q. Umuman!

Nega qayta tiklashning iloji yo‘q?

Yakuniy izohni olgan foydalanuvchini boshqa savol qiynay boshlaydi: nega iloji yo‘q?

Buning sabablarini quyida keltirib o‘tamiz:

  • «Telegram»ni yaratishda asosiy e’tibor shaxsiy xavfsizlikka qaratilgan. Shunga muvofiq, foydalanuvchiga o‘z yozishmalarini boshqa hech kim o‘qiy olmasligi uchun unga qayta tiklash usulisiz o‘chirib tashlash huquqi berilgan.
  • Barcha yozishmalar «Telegram»ning markaziy serverida saqlanadi. Shunday ekan, ular o‘sha yerdan o‘chiriladi — foydalanuvchining qo‘lidagi qurilmadan emas. Qayta tiklash uchun esa markaziy serverdan foydalanish huquqiga ega bo‘lish kerak. Albatta, hech kim oddiy foydalanuvchiga bu kabi huquqni bermaydi.

Yozishmalarni qayta tiklashga qodir «sehrli» dasturlar

Ba’zida internet tarmog‘ida «Telegram»dagi yozishmalarni qayta tiklab beruvchi dasturlar paydo bo‘lib qoladi. Xuddiki, uni yaratishda Durovning shaxsan o‘zi ishtirok etgan. Bularning barchasi 100 foiz xavfli dasturlar yoki «toza» virus hisoblanadi. Bu kabi «sehrli» dasturlar avvaliga foydalanuvchidan uning telefon raqamini so‘raydi (akkauntiga kirish uchun) — shundan so‘ng foydalanuvchi hisobidagi pullar qayerga yo‘qolganini bilmay ham qoladi…

Ishonuvchan foydalanuvchilarga yana bir bor eslatib o‘tamiz: «Telegram» messenjerida o‘chirib yuborilgan yozishmalarni qaytarishning hech qanday usuli yo‘q!

Manba: xabar.uz


Комментарии (0) | Добавить: 09.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi