У нас есть только
оригинальные песни

Telegram gif tasvirlar qo‘shishni o‘zgartirdi va matnni ajratib ko‘rsatish imkoniyatini kiritdi

calendar 05.01.2016
1218

Telegram messenjeri gif formatidagi rasmlar qo‘shish tartibini o‘zgartirdi, shuningdek, matnni ajratib ko‘rsatish imkoniyatini kiritdi, deb yozadi TJournal.

Endi gif rasmlarni maxsus botlar (@gif) orqali qidirish mumkin, ular ancha tez yuklanadi va qo‘shimcha tugmalarni bosmasdan turib aks ettiriladi.

Foydalanuvchi oxirgi qo‘shilgan rasmlarni stikerlar yoniga joylangan maxsus yacheyka orqali topishi mumkin.

Endi, shuningdek, matnni ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ldi (buning uchun @bold botini chaqirish kerak).

Яндекс.Метрика