У нас есть только
оригинальные песни

Telegram ishlashida muammolar kuzatilishi mumkinligi ma`lum qilindi

calendar 29.04.2018
1425

Telegram asoschisi Pavel Durov yevropalik foydalanuvchilarni yaqin soatlar davomida messenjer ishlashida muammolar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Serverlardagi klasterlardan biri jiddiy qizib ketgani sababli yevropalik foydalanuvchilar keyingi bir necha soat ichida ulanish bilan muammolarga duch kelishlari mumkin”, deb yozgan Durov tvitterda.

U noqulayliklar uchun uzr keltirgan va bu muammoni hal qilish ustida ish olib borilayotganini ma`lum qilgan.

16 apreldan Roskomnadzor Telegram messenjerini bloklashni boshlagan. Roskomnadzor birinchi hafta ichida messenjer o'z ishida qo'llagan 18 ta tarmoqostini yoki deyarli 20 mlntaga yaqin IP-adresni bloklagan.

29 aprelda O'zbekistonda ham messenjer ishida muammolar kuzatilmoqda, jumladan unga kirib bo'lmayapti.

Яндекс.Метрика