У нас есть только
оригинальные песни

Telegram kanallarda nimalarni yozish va targ'ib qilish mumkin emas - Durov ogohlantiradi

calendar 30.10.2017
1603

Dasturchining eslatishicha, Telegram messenjerida «zo'ravonlikni har qanday shaklda targ'ib qilish taqiqlangan».

Telegram messenjeri oktabr oyida terrorizm bilan bog'liq 8,5 mingdan ortiq kanallarni bloklagan. Bu haqda rossiyalik dasturchi Pavel Durov o'zining shaxsiy Telegram kanalida e`lon qilgan.

«Faqatgina oktabr oyining o'zida biz terrorizm bilan bog'liq bo'lgan 8,5 mingdan ortiq kanallarni blokladi», — degan Durov va Telegram messenjerida «zo'ravonlikni har qanday shaklda targ'ib qilish taqiqlangan»ligini ta`kidlagan

Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov ommaviy kanallarni moderatsiya qilishda qaysi prinsiplarga amal qilinishi haqida ham aytib o'tgan. «Mahalliy hokimiyatlarni tanqid ostiga olish, mavjud vaziyatga qarshi kurashish, siyosiy debatlar — yaxshi narsa. Biroq zo'ravonlikni targ'ib qilish, begunoh odamlarga talafot yetkazishi mumkin bo'lgan xatti-harakatlarga chorlash — yaramaydi», deya tushuntirgan Durov.

Nimalar taqiqlanganini tushuntirish uchun Durov o'z obunachilari o'rtasida tanlov o'tkazgan Eron kanalini misol tariqasida keltirgan — foydalanuvchilar derazalarga tosh otib, buni videoga olishlari lozim bo'lgan. Keyin esa masjidlarga Molotov kokteyli uloqtirish topshirig'i berilgan. Kanalning 100 mingdan ziyod o'quvchisi bo'lgan, biroq u bloklangan.

Durovning alohida qayd etishicha, Telegram so'z erkinligi huquqini himoya qiladi.

«Telegram hech qachon amaldorlar tomonidan senzura joriy etish borasida uyushtirilgan bosimga bo'ysunmagan. So'z erkinligi — 11 yildan buyon avvaliga Rossiyada, endi esa butun dunyoda himoya qilib kelayotgan qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi», — degan Durov.

Durov misol uchun yana Eronni misol keltirgan. Bu mamlakatda Bi-bi-si bloklangan, biroq nashrning Telegram kanali bir necha yildan beri samarali faoliyat ko'rsatmoqda va unga milliondan ziyod kishi obuna bo'lgan.

Яндекс.Метрика