У нас есть только
оригинальные песни

Telegram messenjyerida yangi funktsiyalar paydo bo'ldi

calendar 24.09.2016
2549

Pavel Durovning Telegram messenjYerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qo'shish funktsiyasi paydo bo'ldi. Bu haqida loyihaning rasmiy blogida ma`lum qilindi. 

Foydalanuvchi suratni yuklayotganda taklif qilinadigan ro'yhatdan istagan niqobini tanlashi mumkin bo'ladi. Servis hodimlarining ma`lum qilishicha, Telegram niqob qo'yilishi kerak bo'lgan yuz qismini avtomatik tarzda aniqlaydi. 

Suratga o'z kollektsiyangizdagi stikerlarni qo'shishingiz mumkin bo'ladi. Shuningdek @stickers boti yordamida o'z niqoblaringizni yuklash imkoni ham mavjud - buning uchun unga "/newmasks" buyrug'ini berish zarur. 

Messenjyerning iOS-versiyasida matnni formatlash funktsiyasi paydo bo'ldi.

 

Bundan tashqari, Telegram'da yana bir yangi funktsiya paydo bo'ldi - yozilgan videoroliklardan  GIF-animatsiyalar yaratish: foydalanuvchi video olishi, undagi tovushni o'chirib qo'yishi va uni GIF-fayl sifatida yuklashi mumkin. 

Shuningdek messenjYerda mashhur stikerlar paneli paydo bo'ldi, ularni ko'zdan kechirib, hohlagan yozishmangizda qo'llashingiz mumkin. 

Яндекс.Метрика