У нас есть только
оригинальные песни

«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi

calendar 09.09.2018
3753

AQShda o‘tgan «TechCruch» konferensiyasida blokcheynda ishlovchi, shifrlangan Stealthy IM» messenjeri taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotga ko‘ra, «Stealthy IM» himoyalangan messenjer sifatida tanishtirildi. Ya’ni foydalanuvchilar axborotni yo‘qotishdan qo‘rqishmasa ham bo‘ladi. U oddiy foydalanuvchilar uchun bepul, korporativ mijozlar esa boshlanishiga ozroq to‘lov qilishlari kerak bo‘ladi. «iOS» va «Android» uchun versiyalari ishlab chiqilgan.

Ammo internet foydalanuvchilari e’tiborini boshqa jihat tortdi: yangi messenjerning logotipi «Telegram»nikiga mohiyatan juda — oq qog‘oz samolyotchaning tumshug‘i o‘ng yuqori tomonga qaratilgan...

«Telegram» asoschisi Pavel Durov bu shubhali mutanosiblikka hozircha churq etgani yo‘q. Hoynahoy u «gram» savdo belgisi bilan bog‘liq sud mashmashalari bilan andarmon bo‘lsa kerak.

Яндекс.Метрика