У нас есть только
оригинальные песни

Telegram o'rniga «TamTam». Foydalanuvchilar yangi messenjerga ko'cha boshladi

calendar 16.04.2018
1749

Mail.ru Group holdingi 2017 yil mayida «Odnoklassnikov» foydalanuvchilari uchun «OK soobshcheniya» asosida «TamTam» messenjerini ishga tushirgandi. «OK soobshcheniya» ishlatadiganlar yangilash tugmasini bosish orqali «TamTam» messenjerini o'rnatishi mumkin qilib qo'yildi.

Rossiyada Telegram bloklanishi ortidan internet nashrlar «TamTam» messenjeridagi sahifalarni rivojlantirishmoqda va o'quvchilarini ushbu messenjerga jalb etishmoqda. Sud Telegram’ni bloklash haqida hukm chiqarishidan 2 kun o'tib «TamTam» messenjeri foydalanuvchilari soni 10 baravar oshib, 40 mingdan ortiq kanal ochilgan.

Ushbu messenjerda «Odnoklassnikami» bilan integratsiya saqlab qolingan, ammo yangi foydalanuvchilar bu saytda akkaunti bo'lmagan holda, telefon raqami bilan yoki Google akkaunti orqali ro'yxatdan o'tishi mumkin bo'ladi. Hozirda «TamTam»da chat-guruhlar ochish, suratlar, ovozli xabarlar jo'natish, kanallar ochish, shuningdek, GIF-animatsiyalar, musiqa, video va stikerlar almashish, videoxabarlar, ovozli qo'ng'iroqlar va videoqo'ng'iroqlar jo'natish mumkin.

«Kun.uz» ushbu messenjerdan foydalanishni ma`qul ko'radigan o'quvchilari uchun yangi kanal ochdi. Endilikda sayt xabarlarini ushbu kanal orqali ham kuzatib borish mumkin.

Яндекс.Метрика