У нас есть только
оригинальные песни

Telekanallarning efirlar jadvalidan reklamalar, teleseriallar va ko'ngilochar dasturlar olib qo'yildi

calendar 02.09.2016
4250

O'zbekistondagi davlat telekanallari 2 sentyabr' kunidagi efirlar jadvalini qayta ko'rib chiqdi.

Bugun soat 9:00da «O'zbekiston» telekanalidagi «Ahborot» ahborot dasturining mahsus sonida davlat rahbarining ahvoli to'g'risida o'zbek va rus tillarida hukumat habari o'qib eshittirildi. Huddi shu habar boshqa kanallarda ham efirga uzatildi.

Kun davomida bu habar «O'zbekiston» telekanalida 3 marta takroran efirga berildi.

Shuningdek, kanallar efiridan reklamalar, teleseriallar va ko'ngilochar tusdagi ko'rsatuvlar olib qo'yilgan. Ularning o'rni O'zbekiston tarihi va madaniyati, turli sohalarda erishilgan yutuqlar va mustaqillik yillaridagi qayta qurilishlar to'g'risida ko'rsatuvlar bilan almashtirilgan.

Яндекс.Метрика